Bugun 21 noyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Elsin nega Putinni vorisi etib tanlagan?

A A A
Elsin nega Putinni vorisi etib tanlagan?

Rossiyaning birinchi prezidenti Boris Yelsin 1999 yil sentyabr oyida AQShning o‘sha vaqtdagi prezidenti Bill Klinton bilan suhbatda nega aynan Vladimir Putinni o‘zining vorisi qilib tanlaganini ma’lum qilgan.
 
Ikki davlat rahbarlarining telefon muloqotidan yozib olingan stenogramma Bill Klinton nomidagi Prezident kutubxonasi saytida e’lon qilindi.
 
Ushbu materiallarga ko‘ra, Yelsin televideniya orqali Putinni o‘zining vorisi etib tanlaganini e’lon qilganidan bir oy o‘tgach, Klinton bilan suhbatlashgan.
 
Muloqot davomida  Yelsin vorisi kim ekanini va tez orada Klinton va Putin tanishishlarini aytgan.
 
“2000 yilda Rossiya prezidenti kim bo‘lishi meni ko‘p o‘ylantirdi. Va nihoyat, men Putinni uchratib qoldim. Uning tarjimai holi, qiziqishlari va chevrasini o‘rgandim. O‘rganishlar davomida bu odamning mustahkamligi va nazoratida nimalar bo‘layotganidan doim boxabarligini bildim. Shuningdek, u sinchkov, kuchli va juda muloqotga kirishimli. Putin o‘zining sheriklari bilan yaxshi munosabat va aloqalarni o‘rnata oladi. Ishonamanki, siz uni yuqori malakali odam sifatida ko‘rasiz”, degan sobiq Rossiya prezidenti.
 
O‘sha telefon muloqotida Yelsin 2000 yil saylovda Putin nomzodi qo‘llab-quvvatlanishiga ishonch bildirgan.
 
Ma’lumot uchun, 1999 yil 9 avgust kuni Rossiyaning o‘sha vaqtdagi prezidenti Boris Yelsin Sergey Stepashina hukumatini iste’foga chiqarishini ma’lum qilgan va Dumadan Vladimir Putinni Bosh vazir sifatida tasdiqlashni so‘ragan. Yelsin unda o‘zining vorisini ko‘rayotganini va Putin jamiyatni mustahkamlashga qodirligini ta’kidlagan.
 
O‘sha kuniyoq Vladimir Putin Rossiya hukumati raisining birinchi o‘rinbosari va Vazirlar Mahkamasi rahbari vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan.

Manba: qalampir.uz

Kiritildi: 10:56 31.08.2018. O'qildi: 1859 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik