Bugun 18 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Elizaveta II taxtdan voz kechadi, agarda...

Elizaveta II taxtdan voz kechadi, agarda...

Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II o‘zining taxtdan voz kechishiga olib keladigan ikkita sababni aytib o‘tdi, deb yozadi Daily Star.

Biograf Metyu Dennisonning aytishicha, qirolicha qarindoshi Margaret Rouds bilan qirollik vakolatlaridan voz kechish imkoniyatini muhokama qilgan. Unga ko‘ra, Yelizaveta II qarindoshiga yozgan maktubida taxtni faqat insult yoki Alsgeymer kasalligiga chalingan taqdirda tark etishini yozgan.

Dennison, shuningdek, malika o‘z vakolatlarini umr bo‘yi bajarishini ishonch bilan aytdi. Boshqa mutaxassislar ham bu fikrga qo‘shiladi. Ularning ta’kidlashicha, malika hech qachon taxtdan voz kechmaydi.

«Sizni ishontirib aytamanki, malika taxtdan voz kechmaydi. Qirolichaning sog‘lig‘i juda yaxshi ekaniga oid barcha belgilar mavjud va agar nasib qilsa, u iloji boricha uzoq vaqt bizning Qirolichamiz bo‘lib qoladi», — deya ta’kidladi qirollik tarixchisi Xyugo Vikers.

Elizaveta II 1952 yil 6 fevral kuni yigirma besh yoshida taxtga o‘tirgan. Hozirda u Britaniya tarixidagi eng uzoq hukmronlik qilgan va eng keksa monarx, shuningdek, dunyo bo‘yicha ham eng uzoq hukmronlik qilgan eng keksa davlat boshlig‘i hisoblanadi.

Shuningdek, Yelizaveta II va shahzoda Filippning nikohi 2021 yil 9 aprel kuni shahzoda vafot etgunga qadar davom etgan dunyo tarixidagi eng uzun qirollik nikohiga aylandi. Buyuk Britaniya qirolichasi erining vafotidan to‘rt kun o‘tgach qirollik burchlarini bajarishga qaytgan.

Kiritildi: 09:02 16.06.2021. O'qildi: 3048 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!