Bugun 29 noyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Elektroresurslar kamaymoqdami yoki?..

A A A
Elektroresurslar kamaymoqdami yoki?..

Yurtimizda qishki mavsumga tayyorgarlik boshlanishi bilan meni savol o‘ylantiradi: bu yil ham elektroresurslar muammosiga duch kelamizmi? Ya’ni tabiiy resurslarga boy davlatda yashab ham qishda gazdan emas, ko‘mir va tezakdan foydalanamizmi? Yoki elektr toki orqali hammasiga chora izlaymizmi? Nega bunday muammolarni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarning natijasi chekka qishloq va tumanlarga yetib bormaydi? Poytaxtda gaz va tokda muammo bo‘lmasligi mumkin, lekin bu bilan muammo hal bo‘lmaydi. Elektroresurslarga to‘lovlar narxi har yili yoki ikki yilda bir oshsa-da, undan aholining unumli foydalanishi hamon so‘roq ostida qolmoqda. Negaki chekka qishloqda ham, poytaxtda ham bir xil to‘lov ta’riflari joriy etilgan va har qaysi holatda ham aholi o‘z iste’moli uchun haq to‘laydi. Ammo ba’zida berilgan imkoniyatdan to‘g‘ri foydalanmaslik, ko‘zbo‘yamachilik kabi holatlar tabiiy resurslarning kamayib ketishiga, davlatning zararga xizmat qilishiga olib keladi.

Har sohadagi islohotlar tizimdagi kamchiliklarni bartaraf etishdan boshlanadi, albatta. Ammo bizda shunday tizim tomir otib ketganki, uni qo‘porib tashlash, shuningdek, eski uskunalarni almashtirish vaqti kelganini ham unutmagan holda elektroresurslarga bo‘lgan talabni yaxshilash mumkin. Mahsulotni uzatish quvurlarining eskiligi, nosozligi muammoning bir tomoni bo‘lsa, ikkinchi tomonida korrupsiyaning hamon turli yo‘llar bilan “jon” saqlayotganidir. Balki elektroresurslarni aholiga vaqtida yetkazib berish borasida ham yangi texnologiyalarni olib kirish, yangicha yo‘nalishlarni joriy etish vaqti kelgandir...

 

Kiritildi: 21:28 26.09.2018. O'qildi: 1948 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik