Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Elektr qurilmalarining texnika xavfsizligi kuchaytiriladi

Elektr qurilmalarining texnika xavfsizligi kuchaytiriladi

Hukumat qarori (638-son, 09.10.2020 y) bilan Elektr qurilmalarini ekspluatasiya qilishda texnika xavfsizligi qoidalari tasdiqlandi.

Unga ko‘ra, elektr qurilmalarida foydalaniladigan  himoya vositalari davlat standartlari talablariga muvofiq bo‘lishi va sinovdan o‘tkazilishi shart.

Xavfsizlik bo‘yicha qo‘shimcha talablar qo‘yiladigan ishlarni bajarish huquqiga ega bo‘lgan xodimlar guvohnomasida belgilangan namunadagi maxsus yozuv bo‘lishi shart. Bunday ishlarga quyidagilar kiradi:

👉 balandlikda bajariladigan ishlar;
👉 tok o‘tkazuvchi qismlarda, kuchlanish ostida bajariladigan ayrim ishlar;
👉 bosim ostida ishlaydigan idishlarga xizmat ko‘rsatish;
👉 uskunalarni yuqori kuchlanish ostida sinash.

Elektr qurilmalarini ekspluatasiya qilishda texnika xavfsizligi qoidalari:

▪️elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi tashkilotlar; 
▪️ elektr energiyasining uzatilishini, taqsimlanishini amalga oshiruvchi tashkilotlar hamda ushbu tashkilotlarga taalluqli ishlarni bajaruvchi ilmiy-tadqiqot, loyiha, qurilish-montaj, ta’mirlash  tashkilotlari uchun majburiy hisoblanadi.

Mazkur qoidalarga rioya etilishi uctidan nazoratni Energetika vazirligi huzuridagi Elektr energetikada nazorat inspeksiyasi amalga oshiradi.

Kiritildi: 19:44 10.10.2020. O'qildi: 2855 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!