Bugun 9 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Elektr energiyasidagi “o‘yinlar”: "osmondan tushgan" 250 million so‘m

Elektr energiyasidagi “o‘yinlar”: "osmondan tushgan" 250 million so‘m

Bugungi kunda O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federasiyasiga kelayotgan murojaatlar sohalar kesimida tahlil qilinganda, ularning aksariyati kommunal xizmatlar, ya’ni elektr energiyasi, gaz ta’minoti va ichimlik suvidan yoziladigan asossiz qarzdorlikdir. Iste’molchilar tomonidan to‘lovlar o‘z vaqtida to‘langan bo‘lsa-da, ammo asossiz, noreal qarz yozish holatlari bo‘yicha fuqarolardan murojaatlar kelib tushmoqda. Bu borada elektr energiyasiga qancha taklif va shikoyatlar bilan chiqilmasin, ammo haligacha aholini asossiz qarzdor qilish holatlari to‘xtamayapti. Axir kimga ham “emagan somsaga pul to‘lash” yoqadi?!

O‘zAning yozishicha, ana shunday murojaatlarning biri Jizzax shahar Yunusobod ko‘chasi 2-uyda yashovchi fuqaro S.Karimov federasiyaning 1091 ishonch telefon orqali murojaat qildi. U o‘z murojaatida elektr energiyasidan 249 847 000 so‘m qarzdorlik yozilganligi bo‘yicha sms xabar kelganligini, bu bo‘yicha shahar elektr ta’minotiga murojaat qilganida, e’tiborsiz qoldirganini keltirgan. Fuqaro 20 kun elektr energiyasiz qolgan. Iste’molchi qayta-qayta murojaat qilganidan so‘ng elektr ta’minoti MIBga, MIB bo‘lsa yana elektr ta’minotiga murojaat qilishini aytgan. Ikki orada iste’molchi sarson, salkam 250 million qarz hazilakam summa emas.

Murojaat jamiyat mutaxassislari tomonidan o‘rganildi va iste’molchiga 249 847 000 so‘m asossiz qarz yozilgan bo‘lib, aslida iste’molchi elektr energiyasidan oldindan 252 000 haqdorligi aniqlandi. Iste’molchining murojaati ijobiy hal bo‘ldi.

Bunday ta’minotchi korxona ichidagi “o‘yinlar” birinchi marta emas. O‘z huquqini bilgan iste’molchilar tegishli tashkilotlarga murojaat qiladi, ammo qanchadan-qancha fuqarolarimiz bunday noreal qarzdorlikni to‘layotganliklari sir emas. OAV orqali elektr energiyasi har safar “chet el tajribasini o‘rganyapmiz” deb aytadi. Ammo birgina misol sifatida Yaponiyalik Elektr vaziri qishloqda 20 daqiqa elektr bo‘lmaganligi uchun, aholidan rasmiy uzr so‘raydi. Chet el tajribasidan mana shunday ishlarni o‘zlariga tajriba sifatida olsa yaxshi bo‘lardi.

Kiritildi: 16:20 04.06.2019. O'qildi: 2110 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!