Filippinda suv sporti bo‘yicha yosh guruhlari o‘rtasidagi Osiyo chempionati bo‘lib o‘tmoqda. O‘zbekistonlik sportchi Eldor Usmonov ikkita kumush medalni qo‘lga kiritdi , deb xabar qildi Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati.
Usmonov 50 metrga erkin usulda suzishda 22,87 soniya, 100 metrga batterflyay usulida suzish bo‘yicha esa 53,14 soniya natija qayd etdi.