Bugun 5 aprel, 2026 yil, yakshanba

КИР

Eldor Shomurodov "Jenoa" klubida 9 raqamda o‘ynamaydigan bo‘ldi

A A A
Eldor Shomurodov "Jenoa" klubida 9 raqamda o‘ynamaydigan bo‘ldi

Avvalroq, “Jenoa” a’zosiga aylangan Eldor Shomurodovning yangi jamoasida 9-raqam ostida o‘ynashi xabar qilingandi.

Ammo, mazkur raqamni "Sassuolo"dan ijara asosida genuyaliklar safiga o‘tgan Janluka Skamakka olgani ma’lum bo‘ldi.

Shomurodov esa “Jenoa”da 61-sonli futbolkada harakat qiladi. Bu haqda “Rostov” matbuot xizmati quyidagicha izohladi.

“Rostov”ning abadiy muxlisi bo‘lib qolaman", deya Eldor Shomurodov klubimiz bilan xayrlashdi. Endi esa u bizni unutmagan holda Genuyada o‘ziga raqam tanladi.

“61” – Rostov viloyatining mintaqaviy raqamli kodi hisoblanadi. Eldor aynan mazkur raqam ostida yangi jamoasida harakat qiladi”, deb yozilgan klubning Telegram'dagi rasmiy sahifasiga.

Manba: human.uz

Kiritildi: 21:25 07.10.2020. O'qildi: 5006 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!