Bugun 16 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Elboshi virusga qarshi kurashish uchun o‘z fondidan 200 million tenge ajratmoqchi

Elboshi virusga qarshi kurashish uchun o‘z fondidan 200 million tenge ajratmoqchi

Qozog‘iston Xavfsizlik kengashi raisi Nursulton Nazarboyev koronavirusga qarshi kurashish uchun birinchi prezident jamg‘armasidan $460 ming ajratishni buyurdi. Bu haqda Yelbasi matbuot xizmati xabar berdi.

Bugun Qozog‘istonda epidemiyaga qarshi barcha zarur bo‘lgan tadbirlar to‘liq amalga oshirilmoqda. Ular o‘z vaqtida va mavjud bo‘lgan vaziyatga javob bermoqdalar. Davlat misli ko‘rilmagan choralarni ko‘rmoqda. Mahalliy biznes ham xavfli infeksiyalarga qarshi kurashda har qanday yordamni bera oladi. Ijtimoiy mas’uliyatni va jamiyatimiz birligini namoyish etish orqali ushbu tashabbusni to‘liq qo‘llab-quvvatlashga chaqiraman. Biz ushbu sinovni munosib tarzda yengib o‘tamiz, dedi sobiq prezident.

Ajratilgan mablag‘ koronavirus holatlari aniqlangan Nur-Sulton va Olma-Ota shahar ma’muriyatlari o‘rtasida teng ravishda taqsimlanadi. Ushbu pul pandemiyaga qarshi kurashda ishtirok etgan shifokorlarga mukofot sifatida berilishi kerak.

Shuningdek, Nazarboyev jamg‘armasi mablag‘lari qo‘shimcha tibbiy niqoblar va dezinfeksiyalash vositalarini sotib olishga, poytaxtdagi mehribonlik uylari va ixtisoslashtirilgan shifoxonalarni oziq-ovqat bilan ta’minlashga sarflanadi.

Kiritildi: 17:17 18.03.2020. O'qildi: 1664 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!