Ekvador polisiyasi xo‘roz jangi vaqtidagi ommaviy otishmaga aloqadorlikda gumon qilingan to‘rt kishini hibsga oldi. Otishmada qonli tomoshaga tashrif buyurgan 12 kishi halok bo‘ldi, yana bir necha kishi yaralandi.
Videokuzatuv kameralaridan olingan suratlarda avtomat qurollar bilan qurollangan kamida besh kishi tadbir joyiga kirib, o‘rindiqlar orqasiga yashirinishga urinayotgan tomoshabinlarga qarata o‘t ochganini ko‘rish mumkin. Hujum qilganlar harbiy uslubdagi kiyimda bo‘lgan, bu esa narkokartel jangchilari orasida keng tarqalgan.
Otishma sodir bo‘lganidan ko‘p o‘tmay, polisiya ikki tashlab ketilgan, biri yonib ketgan, ikkinchisi esa ag‘darilib ketgan, shuningdek, gumonlanuvchilarning kiyim-kechaklarini topdi.
Polisiya hibsga olinganlarning videosini e’lon qildi, biroq ularning yuzlari retushlangan. Tergovchilarning aytishicha, ular Los R7 jinoiy guruhiga tegishli. Tintuv chog‘ida sakkizta avtomat, to‘rtta to‘pponcha, uchta ov miltig‘i, o‘q-dorilar, mobil telefonlar va taktik qo‘lqoplar musodara qilindi.