Bugun 5 aprel, 2026 yil, yakshanba

КИР

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi «ishonch telefonlari»ni ishga tushirdi

A A A
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi «ishonch telefonlari»ni ishga tushirdi

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi har kuni soat 6:00 dan 22:00 gacha fuqarolarning murojaat va shikoyatlarini qabul qiluvchi «ishonch telefonlari»ni ishga tushirdi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati xabar berdi.

Endilikda 71-236-26-66 hamda 71-207-11-07 raqamlari orqali noqonuniy kesilayotgan daraxtlar, maishiy chiqindilarning ruxsat etilmagan joyga tashlanayotgani, noqonuniy baliqchilik va ovchilik bilan shug‘ullanganlar, shuningdek, sanoat chiqindilari orqali atrof-muhitga zarar yetkazayotganlar haqida ma’lumot berish mumkin.

«Tezkor yordamga muhtoj aholi va jamoatchilik vakillari atrof-muhit to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilishining o‘z vaqtida oldini olish uchun Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining inspeksiya organlari xodimlariga murojaat qilishlari mumkin», — deyiladi xabarda.

Murojaatlar respublikaning barcha hududlaridan kunning har qanday vaqtida, dam olish kunlarisiz qabul qilinadi.

 

Kiritildi: 15:15 14.09.2019. O'qildi: 9440 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!