Bugun 8 aprel, 2026 yil, chorshanba

КИР

Ekologik talablarga rioya qilmagan korxonalar faoliyati to‘xtatildi

Ekologik talablarga rioya qilmagan korxonalar faoliyati to‘xtatildi

Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi Davlat ekologik nazorat inspeksiyasi (Ekopolisiya) tomonidan Toshkent shahri Bektemir tumanidagi metallni qayta ishlovchi korxonalar faoliyati o‘rganildi. O‘rganish davomida korxonalar ekologik ekspertiza xulosasi talablariga amal qilmay kelayotganligi hamda atmosfera me’yoridan ortiq zararli tashlamalar chiqarayotganligi aniqlandi.

Xususan, korxonalardan birida ekspertiza xulosasida ko‘rsatib o‘tilmagan bir dona pech noqonuniy o‘rnatilgan bo‘lib, undan chiqayotgan ifloslantiruvchi moddalar havoga zarar yetkazayotgani ma’lum bo‘ldi. Yana bir korxonada esa metallni eritish jarayonida ajralib chiqadigan zararli moddalarni tozalash inshootlari umuman o‘rnatilmagan.

Natijada har ikki korxona faoliyati 10 kun muddatga vaqtincha to‘xtatildi. Shuningdek, atmosfera havosiga chiqarilayotgan zararli moddalarning oldini olish maqsadida ushbu korxonalarni Toshkent shahridan ko‘chirish tavsiya qilindi.

Nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda.

Kiritildi: Bugun 16:14. O'qildi: 271 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!