Bugun 9 yanvar, 2026 yil, juma

КИР

Ekologik stikerni onlayn rasmiylashtirish yo‘lga qo‘yildi

Ekologik stikerni onlayn rasmiylashtirish yo‘lga qo‘yildi

Endi ekologik toifasi aniqlangan avtotransport vositasiga ekologik stiker olish uchun YHXX idoralariga borish shart emas. Uni masofadan, my.gov.uz orqali olsangiz bo‘ladi.

Buning uchun my.gov.uz portali yoki mobil ilovasiga kirib, qidiruv satriga "Ekologik stiker" deb yozasiz yoki “Transport” bo‘limidan “Avtotransport vositasiga ekologik stiker olish” xizmatini tanlaysiz.

Ma’lumotlar avtomatik shakllanadi, siz faqat arizani tasdiqlaysiz.

Tayyor stiker 10 kun ichida uyingizga yetkazib beriladi.

Stikerning o‘zi va ariza topshirish bepul. Faqat pochta orqali uyga yetkazish xizmati uchun 20 600 so‘m to‘lanadi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 2026 yil 1 yanvardan boshlab «Ekologik transport» tizimi kuchga kirdi.

Kiritildi: 13:41 07.01.2026. O'qildi: 557 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!