So‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlar va ayrim OAVlarda 2026 yildan boshlab, "ekologik hudud"ga kiruvchi qizil va sariq toifadagi avtomobillar jarimaga tortilishi haqida noto‘g‘ri talqindagi xabarlar tarqaldi. Aslida esa vaziyat butunlay boshqacha.
👍Jarimalar qachon qo‘llaniladi?
❗️Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, "Ekologik transport" tizimi doirasidagi jarimalar ikki yildan so‘ng, ya’ni 2028 yildan boshlab joriy etiladi.
2026 yil — bu faqat tizimni yo‘lga qo‘yish, haydovchilarni xabardor qilish va ekologik madaniyatni shakllantirish davridir.
👍Bu tizim nima uchun kerak?
Avtomobillar va yuk mashinalaridan chiqayotgan zaxarli gazlar iqlim o‘zgarishi, havo haroratining ko‘tarilishi va kislotali yomg‘irlarga sabab bo‘lmoqda. Tizimning bosh maqsadi — jazolash emas, balki aholi orasida "Ekologik transport" tushunchasini keng targ‘ib qilish va shaharlarimizning havosining sifatiga yaxshilashdir.
👍Haydovchilar uchun qanday qulayliklar bor?
Tizim haydovchilarni qiyn axvolga solish emas, balki ularga ko‘mak berish tamoyili asosida ishlaydi:
Stiker rangini o‘zgartirish huquqi: Agar avtomobilngiz dastlab sariq yoki qizil stiker olgan bo‘lsa, uni texnik sozlash orqali rangini "yashil"ga o‘zgartirish imkoniyati mavjud.
Diagnostika markazlari: Respublikamizning barcha hududlarida zamonaviy diagnostika markazlari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Haydovchilar o‘z mashinalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazib, stiker rangini yaxshilashlari mumkin.
Elektron ogohlantirish tizimi: Yo‘l harakati xavfsizligining yagona elektron tizimi va kameralar orqali haydovchilar qaysi hududga kirish mumkin yoki mumkin emasligi haqida oldindan xabar berib boriladi.
🔠 2026 yilda hech kim jarimaga tortilamaydi! Bu vaqt oralig‘ida har bir haydovchi o‘z avtomobilining texnik holatini yaxshilash imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Avtomobillarni o‘z vaqtida texnik ko‘rikdan o‘tkazish va sifatli yoqilg‘idan foydalanish nafaqat tabiatni asraydi, balki harakat xavfsizligini ham ta’minaydi. Ekologik toza va soz transport vositasi — kelajak avlod oldidagi mas’uliyatimizning bir qismi.