Bugun 27 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Ekaterinburgdagi avtofalokat ikki o‘zbekistonlikning umriga zomin bo‘ldi. Ularning biri 5 yosh

Ekaterinburgdagi avtofalokat ikki o‘zbekistonlikning umriga zomin bo‘ldi. Ularning biri 5 yosh

 Kecha Yekaterinburgda bir guruh o‘zbekistonliklar mingan “Volkswagen Polo” rusumli yengil mashina yo‘lning muzlagan qismida avtofalokatga uchradi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA.

Mamlakatimizning Yekaterinburgdagi Bosh konsulxonasi ma’lum qilishicha, buning oqibatida ikki nafar yurtdoshimiz — 27 yoshli ayol va besh yoshli bola halok bo‘lgan. Besh nafar kishi og‘ir jarohatlar bilan shaharning 9-bolalar va 23-kasalxonalariga yotqizilgan. Hozir shifokorlar o‘ta og‘ir ahvolga tushgan mashina haydovchisi va vafot etgan bolaning onasi bilan bog‘liq jarrohlik amaliyotlarini bajarmoqda.

O‘zbekiston Bosh konsulxonasi va Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi vakolatxonasi xodimlari yuzaga kelayotgan turli masalalarni joyida hal qilish uchun kasalxonalarda bo‘lib turibdi.

Kiritildi: 17:02 02.12.2020. O'qildi: 2492 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!