Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

EIning Rossiyaga qarshi sanksiyalarining 14-paketi KXDRdan harbiy texnika tashuvchi kemalarni o‘z ichiga olishi mumkin

EIning Rossiyaga qarshi sanksiyalarining 14-paketi KXDRdan harbiy texnika tashuvchi kemalarni o‘z ichiga olishi mumkin

Evrokomissiya Rossiyaga Shimoliy Koreya harbiy texnikasini yetkazib berayotgan kemalarga, shuningdek, G7 mamlakatlari tomonidan belgilangan Rossiya neftiga narx chegarasini buzgan tankerlarga nisbatan sanksiyalar joriy etishni taklif qilishi kutilmoqda, deya xabar bermoqda Reuters agentligi YEI rahbariyatidagi manbalarga tayanib.

Komissiya Ukrainaga keng ko‘lamli bostirib kirishi sababli Moskvaga qarshi joriy qilingan 14-sanksiya paketi ustida ishlashni davom ettirmoqda.

Reuters ta’kidlaganidek, yangi sanksiyalar ro‘yxatiga 40 ta kompaniya kiritilishi rejalashtirilgan.

Ular orasida harbiy ehtiyojlar uchun asbob-uskunalar sotib oluvchi Rossiya kompaniyalari, shuningdek, Rossiyaga elektronika, yarimo‘tkazgichlar va harbiy mikrosxemalarni yetkazib beruvchi uchinchi davlat kompaniyalari bor.

Kiritildi: 23:21 24.04.2024. O'qildi: 721 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!