Bugun 21 sentyabr, 2024 yil, shanba

КИР

EI Rossiyaning muzlatilgan aktivlaridan olingan foydadan Ukrainaga 35 milliard yevro miqdorida kredit beradi

EI Rossiyaning muzlatilgan aktivlaridan olingan foydadan Ukrainaga 35 milliard yevro miqdorida kredit beradi

Bu haqda Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen Kiyevda Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy bilan uchrashuvdan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.

Evrokomissiya rahbarining so‘zlariga ko‘ra, kredit «Katta yettilik» davlatlari tomonidan iyul oyida e’lon qilingan majburiyatlarini bajarish doirasida berilgan. Kredit 40 yil muddatga ajratilishi rejalashtirgan.

Umuman olganda, Yevropa Ittifoqida Rossiyaning 200 milliard yevroga yaqin aktivlari muzlatib qo‘yilgan.

Kiritildi: 23:25 20.09.2024. O'qildi: 232 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!