Bugun 31 yanvar, 2026 yil, shanba

КИР

EI Rossiya banklari va neftiga nisbatan sanksiyalarni kuchaytirishni rejalashtirmoqda

EI Rossiya banklari va neftiga nisbatan sanksiyalarni kuchaytirishni rejalashtirmoqda

Bloomberg agentligining ma’lum qilishicha, Yevropa Ittifoqi Yevropa kompaniyalariga Rossiya neftini dengiz orqali sug‘urtalash va uni tashishni taqiqlash imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Taqiqlar, Rossiya neftining belgilangan maksimal narxidan qat’iy nazar amal qilishi kutilmoqda. Agar bu choralar ma’qullansa Rossiyadan neft olib kelish sezilarli darajada murakkablashadi.

Hozirda Yevropa kompaniyalariga narxi belgilangan chegaradan yuqori bo‘lgan Rossiya neftini yetkazib berishda ishtirok etish taqiqlangan.

Shuningdek, Rossiya neftini tashishda ishlatiladigan “soya floti”ga kiruvchi kemalar ro‘yxati ham kengaytirilishi rejalashtirilmoqda.

Bloomberg ma’lumotiga ko‘ra, yangi sanksiyalar paketiga Rossiya banklari, kriptovalyuta xizmatlari va Moskvaga sanksiyalarni aylanib o‘tishda yordam berayotgan uchinchi davlatlardagi moliya tashkilotlariga nisbatan ham qo‘shimcha cheklovlar kiritilishi rejalashtirilgan.

Evropa Ittifoqi tayyorlayotgan sanksiyalar Rossiyaning neft eksportidan tushadigan daromadlarni kamaytirish va ilgari joriy qilingan cheklovlarni aylanib o‘tishni qiyinlashtirishga qaratilgan.

Kiritildi: Bugun 15:45. O'qildi: 281 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!