Bugun 27 yanvar, 2026 yil, seshanba

КИР

EI oliy diplomati Kaya Kallas Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayenni “diktator” deb atadi

EI oliy diplomati Kaya Kallas Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayenni “diktator” deb atadi

Bu haqda Politico nashri ismini oshkor etmagan yuqori lavozimli amaldorga tayanib xabar bermoqda.

Manbaning aytishicha, Yevropa tashqi aloqalar xizmati rahbari Kaya Kallas tashkilot ichida Ursula fon der Lyayenni "diktator" deb tanqid qiladi, biroq unga qarshi deyarli hech narsa qila olmaydi.

Nashr ma’lumotiga ko‘ra, Yevrokomissiya raisi Ursula fon der Lyayen bilan Kallas o‘rtasidagi munosabatlar yomonligining asosiy sabablaridan biri “vakolatlar va ta’sir doirasi ustidagi bahs” hisoblanadi.

Politico'ning eslatishicha, o‘tgan yili Yevropa tashqi aloqalar xizmati o‘z ta’sirining bir qismini yo‘qotgan. Bunga Yevrokomissiya Yaqin Sharq, Shimoliy Afrika va Fors ko‘rfazi bo‘yicha Bosh direktorlikni tashkil etgani sabab bo‘lgan. Natijada O‘rta yer dengizi mintaqasi bo‘yicha mas’uliyat Kallasdan olingan.

Shuningdek, nashrga ko‘ra, Yevrokomissiya Kallas boshchiligidagi idora xodimlari sonini qisqartirish rejalari ustida ham ish olib bormoqda.

Kiritildi: Bugun 16:28. O'qildi: 537 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!