Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

EI: Kreml anneksiya uchun katta badal to‘laydi

EI: Kreml anneksiya uchun katta badal to‘laydi

Evrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayenning aytishicha, Putin Kremlda e’lon qilgan noqonuniy referendumlar hech narsani o‘zgartirmaydi.

"Rossiya bosqinchilari tomonidan noqonuniy bosib olingan barcha hududlar har doim suveren Ukraina Respublikasiga tegishli bo‘ladi", deb yozdi fon der Lyayen Twitter'dagi sahifasida.

Evropa Ittifoqining boshqa rasmiylari ham Ukraina janubiy viloyatlarining anneksiya qilinishiga munosabat bildirdi.

"Evropa Ittifoqiga a’zo davlat yetakchilari noqonuniy anneksiyani qoralaydi. Biz soxta referendumni va noqonuniy anneksiyani hech qachon tan olmaymiz", deya e’lon qildi Yevropa kengashi prezidenti Charlz Mishel.

Kiritildi: 20:23 30.09.2022. O'qildi: 2835 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!