Bugun 6 iyul, 2024 yil, shanba

КИР

EI yetakchilari Yevropa Ittifoqining eng yuqori lavozimlari bo‘yicha kelishuvga erishdi

EI yetakchilari Yevropa Ittifoqining eng yuqori lavozimlari bo‘yicha kelishuvga erishdi

Blokdagi yuqori lavozimlar uchun muzokaralar olib borayotgan oltita Yevropa Ittifoqi yetakchilari Ursula fon der Lyayen (Germaniya), Antoniu Kosta (Portugaliya) va Kaya Kallas (Estoniya) Yevrokomissiya, Yevropa Kengashi va tashqi siyosat xizmatiga taklif qilinishi bo‘yicha kelishuvga erishdilar.

Muzokaralarda Gresiya bosh vaziri Kiriakos Misotakis, Polsha bosh vaziri Donald Tusk, Ispaniya bosh vaziri Pedro Sanches, Germaniya kansleri Shols, Fransiya prezidenti Emmanuel Makron va Niderlandiya bosh vaziri Mark Ryutte ishtirok etdi.

Keyingi qadam payshanba kuni Bryusselda Yevropa Ittifoqi rahbarlarining uchrashuvi bo‘lib, unda uchta nomzod tasdiqlash uchun davlat va hukumat rahbarlariga taqdim etiladi.

Agar bo‘lajak sammitda barcha 27 yetakchi kelishuvga erishsa, u holda U. Lyayen ikkinchi marta Yevropa komissiyasini boshqaradi.

A. Kosta kuzda Yevropa kengashi rahbari lavozimida K. Mishel (Belgiya) o‘rnini egallaydi, Kaya Kallas esa J. Borrel (Ispaniya) o‘rniga YEI diplomatik xizmatini boshqaradi.

Kiritildi: 18:45 29.06.2024. O'qildi: 827 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!