Evropa Ittifoqi Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusini terrorchi tashkilot deb e’lon qildi. Bu haqda Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Kaya Kallas X tarmog‘ida e’lon qildi.
«Qatag‘onlar javobsiz qolmasligi kerak. Yevropa Ittifoqi tashqi ishlar vazirlari Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusini terrorchi tashkilot deb e’lon qilish orqali qat’iy qadam tashladilar», deb yozgan u.
Evropa Ittifoqi Eronda 15 nafar amaldor va oltita tashkilotga sanksiyalar kiritdi.
Bundan oldin Kallas Eronga norozilik namoyishlarini shafqatsizlarcha bostirgani uchun sanksiyalar qo‘llashga va’da bergan edi.
«Erondagi norozilik namoyishlari qurbonlari soni va rejim tomonidan qo‘llanilgan usullar haqiqatan ham juda jiddiy. Shuning uchun biz aniq signal yuboryapmiz: agar siz odamlar noroziligini bostirsangiz, buning o‘z bahosi bor va siz buning uchun jazolanasiz», dedi diplomat.