Bugun 22 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

Ehtiyot bo‘ling! SHAASUIVG – Samsung emas

Ehtiyot bo‘ling! SHAASUIVG – Samsung emas

Xitoyning Pinduoduo onlayn-do‘konida  Shaasuivg nomli mahalliy kompaniya paydo bo‘ldi. Ushbu ishlab chiqaruvchining logotipi ham yozuvi ham Janubiy Koreyaning  Samsung brendidan ko‘chirib olingan.

Mahsulot sifati ham shubhali

Yangi brend 55 dyuymli 4K formatidagi smart-televizor chiqarmoqda. Agar rasmga qarasangiz yangi mahsulotning logotipi SHAASUIVG. Boshda u Samsung’ning Smart-TV’ si bo‘lib tuyuladi. Keyin uning narxi ko‘zga tashlanadi – 57 AQSh dollari va xuddi shu yerda gumonlar tarqalib ketadi va ko‘z oldingizda boshqa yozuv va boshqa dizayn namoyon bo‘ladi. Yana shu narsa ham sezilib turibdiki, boshda ushbu "mu’jiza" 653 AQSh dollari turgan, biroq bunday narxda uni hech kim sotib olmaganga o‘xshaydi.Ushbu “aqlli” televizorning tavsifi ham ekran formati ham noma’lum. Sifati ham shubhali, hatto formati 4K deganiga ham ishonish qiyin.

Manba: terbayt.uz

Kiritildi: 17:37 10.08.2018. O'qildi: 1417 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!