Bugun 9 avgust, 2026 yil, yakshanba

КИР

“E-bozor” yagona raqamli bozor platformasi joriy etiladi

“E-bozor” yagona raqamli bozor platformasi joriy etiladi


“Bozorlar va savdo komplekslarida raqamlashtirish ishlarini samarali tashkil etish hamda maishiy korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Hukumat qarori (358-son, 02.07.2026 y.) qabul qilindi.

🔰 Qarorga ko‘ra, 2026 yil 1 oktyabrgacha “E-bozor” yagona raqamli bozor platformasi sinov tarzida, 2027 yil 1 martgacha to‘liq amaliyotga joriy etiladi.

🔎 Unda quyidagilar nazarda tutiladi:

🔹 bozorlar va savdo komplekslari pasporti, manzili, bo‘sh savdo shoxobchalari va savdo o‘rinlari ochiq e’lon qilib borilishi;

🔹 aholini bozorlar va savdo komplekslari faoliyatiga oid ma’lumotlar bilan tanishtirish, bozor ma’muriyatiga elektron murojaat yo‘llash va javob olish imkoniyatlari.

🔗 “E-bozor” platformasi “Soliq” axborot tizimlari kompleksi tarkibida joriy etiladi.

📝 Har bir bozor va savdo kompleksiga soliq xodimlari biriktiriladi va ularning faoliyati samaradorligi kunlik tahlil qilib boriladi.

💸 Bozorlar hududida va ularga tutash hududlarda joylashgan avtotransportlarni vaqtincha saqlash joylarida to‘lovlarni yagona QR kod orqali to‘lash imkoniyati yaratiladi.

⏭️ 2026 yil 1 avgustdan transportlarni saqlash joylaridan chiqarib yuborish bo‘yicha ruxsatnoma faqat ma’muriy ishni ko‘rib chiquvchi organ va ijro organi tomonidan “Jarima maydonchasi” axborot tizimida QR-kod bilan tasdiqlanadi va elektron tarzda yuboriladi.

Kiritildi: 23:56 06.07.2026. O'qildi: 715 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!