Bugun 6 oktyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

“E-aktiv”dan biz voz kechdik, “E-aktiv” bo‘lmaydi” — Sherzod Qudbiyev

“E-aktiv”dan biz voz kechdik, “E-aktiv” bo‘lmaydi” — Sherzod Qudbiyev

“E-aktiv” tizimi faoliyati to‘xtatiladi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash va farmasevtika sohalaridagi tadbirkorlar bilan ochiq muloqotda Soliq qo‘mitasi raisi Sherzod Qudbiyev ma’lum qildi.

Sherzod Qudbiyevning aytishicha, zamonaviy soliq instrumentlaridan foydalangan holda hozirda tovar (xizmat)lar kirim va chiqimlari bo‘yicha yetarli ma’lumotlar shakllangani sababli “E-aktiv” (E-Ombor)ga ehtiyoj qolmagan.

Ma’ulmot uchun, 2022 yil 1 yanvardan boshlab qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilari va ustav kapitalida davlat ulushi 50 foizdan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslar asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar va tovar-moddiy zaxiralarni hisobga olish, shuningdek, ruxsat etilgan mablag‘larni shakllantirish va kamaytirish bilan bog‘liq barcha operasiyalar “E-aktiv” avtomatlashtirilgan axborot tizimida aks ettirish shartligi belgilangan edi.

“E-aktiv”dan biz voz kechdik, “E-aktiv” bo‘lmaydi, xudo xohlasa. Buni qilish qiyin ekan. Voz kechildi…”, — dedi Sherzod Qudbiyev.

“E-aktiv” avtomatlashtirilgan axborot tizimi joriy etilgan vaqtda tadbirkorlar jiddiy e’tirozlar bildirgan edi.

Kiritildi: 14:21 05.07.2024. O'qildi: 1047 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!