Bugun 3 iyun, 2025 yil, seshanba

КИР

DW: Ruminiyada takroriy prezidentlik saylovi boshlandi

DW: Ruminiyada takroriy prezidentlik saylovi boshlandi

Mamlakat fuqarolari mojaroli o‘tgan va natijalari bekor qilingan oldingi saylovdan so‘ng prezidentni qaytadan saylamoqda.

Ruminiyada ro‘yxatga olingan saylovchilar soni qariyb 18 million kishi bo‘lib, ular 19 mingga yaqin saylov uchastkasida ovoz berishlari mumkin. Chet elda yashovchi ruminlar uchun ovoz berish kecha boshlangan va uch kun davom etadi.

Prezidentlikka o‘n bir nafar nomzod da’vogarlik qilmoqda. Agar 4 may kuni ulardan hech biri 50 foizdan ortiq ovoz to‘play olmasa, 18 may kuni saylovning ikkinchi turi o‘tkaziladi.

Dastlabki so‘rovnoma natijalariga ko‘ra, ikkinchi turga chiqish imkoniyatiga ega bo‘lgan nomzodlar — Moldovani davlat sifatida tan olmaydigan ultramillatchi Jorje Simion, Buxarest meri Nikushor Dan, hukmron koalisiyadan nomzod Krin Antonesku va 2024 yilda Konstitusion sud tomonidan bekor qilingan saylovda ikkinchi o‘rinni egallagan Yevropa yo‘nalishidagi siyosatchi Yelena Laskoni.

2024 yil noyabr oyida bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlarining birinchi turida kutilmaganda 62 yoshli ultra o‘ng siyosatchi Kelin Jorjesku yetakchilik qilgan edi. Birinchi turga ikki hafta qolganida TikTok ijtimoiy tarmog‘ida uning foydasiga keng ko‘lamli kampaniya boshlangan.

Ruminiya razvedka xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, bu kampaniyada taxminan 25 mingta akkaunt qatnashgan. Razvedka xabariga ko‘ra, ijtimoiy tarmoqlarda ultra o‘ng va rossiyaparast nomzodni ommalashtirish bo‘yicha kampaniyani Rossiya uyushtirgan. Ruminiya maxsus xizmatlari Rossiyani saylovlarga aralashishda ayblagan va Bosh prokuratura natijalarni soxtalashtirish bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atgan.

Kiritildi: 11:40 04.05.2025. O'qildi: 1062 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!