Germaniya yanvar oxirida bo‘lib o‘tadigan yig‘ilishda Yevroittifoqning boshqa davlatlariga Suriyaga qarshi ayrim sanksiyalarni yumshatish masalasini ko‘rib chiqishni taklif qilishi kutilmoqda. Gap aviasiya sohasidagi cheklovlar, qimmatbaho tovarlarni import qilish, neft embargosi va bank sohasidagi cheklovlar haqida ketmoqda.
Germaniya, Fransiya, Ispaniya va Niderlandiya diplomatlarining fikricha, sanksiyalarni qayta ko‘rib chiqish Suriyada hokimiyatni tinch yo‘l bilan o‘zgartirishni rag‘batlantirish vositasi bo‘lishi mumkin. Bu o‘zgarish Suriyadagi aholining barcha qatlamlari, xususan, ayollarning himoyasi va vakilligini kafolatlashga qaratilgan.