Bugun 22 sentyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

«Dushman Isroil mintaqani urushga yetaklamoqda»

A A A
«Dushman Isroil mintaqani urushga yetaklamoqda»

Bayrutdagi portlashdan keyin kamida 23 kishi bedarak yo‘qolgan.

Bu qariyb bir yil davom etgan mojaroda Isroilning eng shiddatli bombardimonlaridan biri bo‘ldi. Livan janubidagi odamlar Isroil ushbu zarbalarini amalga oshirayotganda tungi osmonni yoritib, yerni larzaga solgan ulkan portlashlarni tasvirlashdi.

Hizbullohga aloqador transport vaziri Ali Hamiyeh juma kuni Bayrutda qonli hujum sodir bo‘lgan joyda jurnalistlarga kamida 23 kishi bedarak yo‘qolganligini aytdi.

Kamida 38 kishi, jumladan, 16 nafar Hizbulloh a’zosi hamda ayollar va bolalar o‘ldirilgani tasdiqlandi. 60 dan ortiq odam yaralangan.

«Dushman Isroil mintaqani urushga yetaklamoqda», dedi Hamiyeh.

Kiritildi: Bugun 18:36. O'qildi: 453 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!