Dunyo mo‘’jizalarga to‘la. Atrofga qarang, borliqdagi har bir mavjudot o‘ziga xos yaratilgan. Hatto, bir kishining barmoq izi ikkinchi bir odamning barmoq izini takrorlamaydi. Shunisi ham borki, hamma mo‘’jizani o‘zicha anglaydi. Kimgadir noyob ko‘ringan narsalar, kim uchundir oddiydek tuyulishi mumkin. Ammo hayotda shunday mitti jonzotlar borki ularning aqli va tirishqoqligiga, hatto olimlar ham tan bergan. Bugun ana shunday mitti mo‘’jizalar haqida so‘z yuritamiz.
Asalarilar bir kilo asal yig‘ish uchun
Er sharini o‘n marta aylanib chiqadi
Asalari hasharotlar ichida ozuqa uchun gul shirasi (nektar) yig‘adigan yagona jonzotdir. Asalarini ko‘pchilik faqat asal ishlab chiqaradi, deb o‘ylaydi. Aslida asal ishlab chiqarish uning vazifalaridan biridir. Bundan tashqari, u gullarni, o‘simliklarni changlatuvchi ham hisoblanadi. Asalarining ishtirokisiz ko‘plab o‘simliklar meva bermaydi.
Asalari xuddi chumoliga o‘xshab ijtimoiy hasharotdir. Uning tuzilishi, ish faoliyati va mehnatining mahsuli aqlni lol qoldiradigan darajadadir.
Hayvonlardagi tabiiy sezgi juda murakkab holatdir. Lekin bu kasbiy emas. Ya’ni, bu sezgi hayvonlarning o‘z kuchi, mehnati evaziga shakllangan emas, balki Alloh taolo tarafidan in’om etilgan holatdir.
Asalari bir tomchi shira yig‘ish maqsadida mingdan ortiq gullarga qo‘nadi.
U gulga qo‘nib nektarni so‘rib bo‘lgach, o‘zidan bir belgi qoldiradi. Toki uning sheriklari o‘sha gulga qo‘nib, nektar izlab vaqtlari ketmasin.
Asalari yuz gramm nektar yig‘ish uchun milliontacha gulga qo‘nadi. Bir kilogramm asal to‘plash uchun esa asalari taxminan bir necha yuz ming kilometr masofani bosib o‘tadi. Bu esa Yer shari atrofini taxminan o‘n marta aylanib chiqishga tengdir.
Yuksiz asalari uchayotgan paytda tezligi soatiga 65 kilometrga yetadi. Agar nektarni ko‘tarib olgan bo‘lsa, u holda uning tezligi soatiga 30 kilometrga pasayadi. Asalari olib ketayotgan nektarning og‘irligi tanasining uchdan biriga teng keladi. Bu bir tonnalik mashina 300 kilogramlik yukni olib ketayapti, deganidir.
Asalari nektarni olib, iniga qaytar ekan, yo‘lda nektarni asalga aylantirish bo‘yicha o‘ta murakkab kimyoviy amaliyotlarni bajarar ekan. Iniga yetib borgach, qayta ishlov berilgan mahsulot yana qayta ishlanib, sof asal holiga keltiriladi.
uzoqqa ucholmaydigan zaiflari bo‘ladi. Ular mehnatkash do‘stlarining yiqqan nektarlarini qabul qilib olib, inga yetkazar, uni inga olib kirib, munosib joyga joylashtirar ekan. orasida Bahor kelib, gullar qiyg‘os ochilgan paytlarda nektar yig‘uvchi arilar o‘zidagi yukni boshqa ariga topshirib, yana darhol nektar yig‘ishga jo‘nab ketar ekan. Asalarilar
Asalarilar oilasida tartib-intizom kuchli
Asalarilar oilasida malika ari bo‘ladi. U boshqalardan hajmining kattaligi bilan ajralib turadi. Malika asalari bahor faslida har kuni mingtadan to ikkimingtagacha tuxum qo‘yadi. Aqlni lol qoldiradigan hodisalardan yana biri shuki, ushbu malika ari malika arichalarni bir joyga, erkak arichalarni yana bir o‘ringa, urg‘ochi arichalarni esa boshqa joyga tuxum shaklida qo‘yar ekan.
Urg‘ochi arilar orasida malikaga xizmat qiladigan, unga taom keltirib turadigan “oqsoch” arilar ham bor ekan. Ba’zi arilar malikalariga shohona taom sifatida gul changi yig‘ib keladilar. Agar malika ari o‘lsa, inda tartibsizlik va zaiflik yuzaga keladi. Malika asalari insonni chaqmaydi. Erkak asalarilarning vazifasi — malikalarni urug‘lantirish, urg‘ochi asalarilarning vazifasi xizmat qilish, malikaning vazifasi tuxum qo‘yishdir.
Alloh taolo asalarilarni yuksak darajada o‘zaro yordamlashib, tartibli, samarali mehnat qilib yashaydigan jamoa etib yaratdi. Shuning uchun asalarilar jamoasida buzg‘unchilik, talafot yetkazish, degan narsalar kuzatilmaydi. Bu jamoa bir maqsad yo‘lida birlashgan, jips jamoadir. Jamoa rahbari bo‘lgan malika asalari bilan biror masalada hech kim tortishmaydi. Jamoadagi har bir asalari malikaning maxsus moddasidan uning shu yerdaligini his qilib turadilar. Chunki ushbu moddani maxsus xizmatchilar har bir uyaga yetkazib turadilar.
Yuqorida aytganimizdek, agar malika o‘lsa, uyada tartib-intizom buzilishi sodir bo‘lib, bekorchilik tarqaladi va ishlar to‘xtaydi. Ba’zi paytlarda malika yo‘q bo‘lsa, o‘rniga uning o‘rinbosari yoki “valiahdi” jamoani boshqarib turadi.
Urg‘ochi asalarilar juda ko‘p vazifalarni bajaradilar. Ularning umriga, jismoniy tuzilishiga qarab ish taqsimlanadi. Ular orasida yosh arichalarga qaraydigan “enaga”lar, “tarbiyachi”lar, uyaga suv tashib keladigan urg‘ochilar, uyani yoz fasliga tayyorlaydigan, qishda uyani ilitadigan, in quruqshab qolsa, namlantiradigan, uyani tozalaydigan, uning devorlarini maxsus moddalar bilan yaltiratadigan arilar ham bo‘ladi.
Shuningdek, uyani dushmandan himoya qiladigan qo‘riqchi arilar ham bo‘lib, ular inga kirmoqchi bo‘lgan asalaridan maxfiy so‘z (parol)ni so‘rar ekanlar. Agar aytsa, uyaga kirishga ruxsat berar, aytmasa, uni o‘ldirar ekanlar. Zarurat tug‘ilgan paytda maxfiy so‘z boshqasiga almashtirilar ekan.
Alloh taolo yuqoridagi oyatda “Unda odamlar uchun shifo bordir”, deb marhamat qilgan.
Asalda shifo uchun yetmish to‘rttadan ko‘proq turdagi kerakli moddalar bor.