Bugun 14 may, 2024 yil, seshanba

КИР

Dunyoning eng yoshi ulug‘ insoni vafot etdi

Dunyoning eng yoshi ulug‘ insoni vafot etdi

Dunyoning eng yoshi ulug‘ ayoli hisoblangan yaponiyalik Tiye Miyako 117 yoshida olamdan o‘tdi. Bu haqda “Guinness World Records” xabar bermoqda.
 
Miyako joriy yilning 22 iyul kuni vafot etgan. U 1901 yil 2 mayda Yaponiyaning Vakayama prefekturasida tug‘ilgan va 117 yil 81 kun yashagan. Biz aytayotgan ayol rasman dunyodagi eng yoshi ulug‘ ayol va eng qari inson sifatida tan olingan.


 
Miyakoning oila a’zolari u suhbatlashishni yaxshi ko‘rgani, juda yaxshi va sabrli bo‘lganini aytishyapti. U husnixat bilan shug‘ullangan va mazali taomlarni yaxshi ko‘rgan. Eng yoqtirgan taomi esa sushi bo‘lgan. Uning turmush o‘rtog‘i Yaponiya temir yo‘llari xodimi bo‘lgani uchun ko‘plab mamlakatlarga sayohatga chiqishgan.
 
Eng yoshi ulug‘ ayol unvoni Miyakoga joriy yil aprel oyida 117 yoshli boshqa bir yaponiyalik Nabi Tadzima vafot etgach, berilgan. Dunyo rekordlarini aniqlovchi mutaxassislar marhumaning ikki unvoni kimga berilishi masalasida yakuniy xulosaga kela olmagan.

Qalampir.uz

Kiritildi: 11:48 27.07.2018. O'qildi: 2476 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!