Bugun 23 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

Dunyoning eng serdaromad ayol sportchilari ma’lum qilindi

A A A
Dunyoning eng serdaromad ayol sportchilari ma’lum qilindi

Forbes nashri dunyoning eng serdaromad ayol sportchilarining yangi reytingini e’lon qildi. Reytingdan asosan tennischilar o‘rin olgan. 1-o‘rinni 22 yoshli yapon tennischisi Naomi Osaka egallagan.

Reytingda 2019 yil 1 iyundan 2020 yil 1 iyungacha bo‘lgan davr hisobga olingan.

Reyting yetakchisi Naomi Osaka bir yil ichida 37,4 mln dollar ishlab topgan: sportchi bu qiymatdan 3,4 mln dollarini bevosita musobaqalardagi ishtirokidan, qolgan 34 mln dollarni esa reklama shartnomalaridan olgan. U ayni vaqtda Ayol tennischilar assosiasiyasi (WTA) reytingida 10-o‘rinni egallamoqda. Uning hisobida WTA’ning 5 ta unvoni bor. Osaka, jumladan, 2019 yilgi Avstraliya ochiq chempionati va 2018 yilgi AQSh ochiq chempionati g‘olibasi hisoblanadi.  

Amerikalik tennischi Serena Uilyams 2-o‘rinni egallagan. U bir yil ichida 36 mln dollar ishlab topgan. Yetakchi uchlikka tennis sportining yana bir vakilasi – avstraliyalik Eshli Barti 13,1 mln dollarlik daromad bilan kirgan. 

Umuman olganda, yetakchi o‘ntalik quyidagicha ko‘rinish olgan:

1.Naomi Osaka — 37,4 mln dollar (Yaponiya, tennis);
2. Serena Uilyams — 36 mln dollar (AQSH, tennis);
3. Eshli Barti — 13,1 mln dollar (Avstraliya, tennis);
4. Simona Xalep — 10,9 mln dollar (Ruminiya, tennis);
5. Byanka Andreesku — 8,9 mln dollar (Kanada, tennis);
6. Garbinye Mugurusa — 6,6 mln dollar (Ispaniya, tennis);
7. Elina Svitolina — 6,4 mln dollar (Ukraina, tennis);
8. Sofiya Kenin — 5,8 mln (AQSH, tennis);
9. Anjelika Kerber — 5,3 mln dollar (Germaniya, tennis);
10. Aleks Morgan — 4,6 mln dollar (AQSH, futbol).

Iyunda Forbes shveysariyalik tennischi Rojer Federerni dunyoning eng serdaromad erkak sportchi deb e’tirof etgandi. Afsonaviy tennischi bir yil ichida 106,3 mln dollar ishlab topgan.

Kiritildi: 13:38 18.08.2020. O'qildi: 3345 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!