Kecha, 27 sentyabr kuni Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida dunyoning eng qimmat tuflisi sotuvga qo‘yildi. Bir juft oyoq kiyimning narxi 17 mln dollarga teng.
Uzun poshnalar oltindan yasalgan. Tufli oltin charmdan tikilgan bo‘lib, ipak hamda 236 dona olmos bilan bezatilgan. Shuningdek, har bir poyning o‘rtasiga 15 karatli benuqson D-olmosi qo‘yilgan.
Oyoq kiyim Birlashgan Arab Amirliklarining “Jada Dubai” nomli dizayner guruhi tomonidan yaratilgan bo‘lib, bu ish uchun umumiy 9 oy vaqt ketgan.
Manba: qalampir.uz