Bugun 12 oktyabr, 2024 yil, shanba

КИР

Dunyoning eng qimmat top-10 futbolchilari ro‘yxati yangilandi

Dunyoning eng qimmat top-10 futbolchilari ro‘yxati yangilandi

Juma kuni "Transfermarkt" portali mutaxassislari Ispaniya chempionatining ba’zi futbolchilarining narxlarini yangiladi. Eng qimmat futbolchilar ro‘yxatida birinchi o‘rinni 200 million yevroga baholangan Erling Xoland va Vinisius Junior bo‘lishib turibdi.

Uchinchi o‘rinda Jud Bellingem va Kilian Mbappe 180 million yevroga baholangan.

Beshinchi o‘rinni Lamin Yamal va Fil Foden bo‘lishdi, ularning narxi 150 million yevro. Top-7likni Bukayo Saka 140 million yevro narx bilan yakunladi.

Sakkizinchi o‘rinni 130 million yevro bahosi bilan to‘rt nafar futbolchi - Florian Virs, Jamol Musiala, Federiko Valverde va Rodri bo‘lishdi.

Kiritildi: 19:47 11.10.2024. O'qildi: 651 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!