Bugun 21 may, 2025 yil, chorshanba

КИР

Dunyoning eng ko‘p maosh oluvchi murabbiylari ma’lum qilindi

A A A
Dunyoning eng ko‘p maosh oluvchi murabbiylari ma’lum qilindi

L'Equipe nashri dunyoning eng ko‘p maosh oladigan murabbiylari haqidagi ma’lumotlarni taqdim etdi.

Unga ko‘ra, “Atletiko Madrid” bosh murabbiyi Diyego Simeone yiliga 29,8 million funt maosh bilan birinchi o‘rinni egallab turibdi.

Ikkinchi o‘rinni "Manchester Siti"dan yiliga 19,7 million funt maosh oladigan Xosep Gvardiola joy olgan. Yillik 15,7 million funt sterling maosh bilan “Liverpul” bosh murabbiyi Yurgen Klopp kuchli uchlikka kirgan.

Top beshlikka, shuningdek, “Chelsi” bosh murabbiyi Grem Potter (yiliga 11,8 million funt) va “Yuventus” ustozi Massimiliano Allegri (yiliga 11,29 million funt) ham kiritilgan.

Kiritildi: 21:50 31.03.2023. O'qildi: 2655 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!