Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

Dunyoning eng boy odami bir kunda 9 milliard dollar yo‘qotdi

Dunyoning eng boy odami bir kunda 9 milliard dollar yo‘qotdi

“Forbes Real-Time” reytingiga ko‘ra, Amazon kompaniyasining aksiyalari besh foizga pastlagan dunyoning eng boy odami Jeff Bezosning boyligi bir kunda to‘qqiz milliard dollarga kamaydi.

Qayd etilishicha, endilikda 4.63 foizga kamaygan Bezosning kapitali 184,4 milliard dollarga baholanmoqda.

Shuningdek, boshqa milliarderlar ham pullarining bir qismini yo‘qotishgan. Aksiyalari deyarli besh foizga pasayib ketgan Facebook rahbari Mark Sukerberg bir kunda 5,3 milliard dollar yo‘qotgan. Tesla bosh direktori Ilon Maskning boyligi esa 1,6 milliard dollarga kamaygan va hozirda 93.2 milliard dollarni tashkil etmoqda.

Avvalroq, dunyodagi eng boy yetti kishining umumiy boyligi AQSh saylovlaridan keyingi birinchi kunda 33 milliard dollarga o‘sgani ma’lum bo‘lgan edi.

Ta’kidlanishicha, Amerika fond bozorida saylovlar fonida o‘sish holati kuzatilgan. Bu jarayonda eng katta foyda olganlar esa texnik gigantlar bo‘lishgandi.

Kiritildi: 20:48 11.11.2020. O'qildi: 3293 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!