Xotin-qizlar tennis assosiasiyasining jahon reytingidagi birinchi raqamli raketkasi Eshli Barti yaqinlashib kelayotgan Fransiya Ochiq chempionatida qatnashishdan bosh tortdi va amaldagi turnir chempioni unvonini himoya qildi.
Barti o‘zining "Instagram"dagi sahifasi orqali"Rollan Garros"da ishtirok etmaslik to‘g‘risida bayonot berdi:
“Menga bu qarorni qabul qilish oson bo‘lmadi – afsuski, men bu yil Yevropada ishtirok etmayman. O‘tgan yilgi Fransiya Ochiq chempionati men uchun faoliyatimdagi eng o‘ziga xos burilishlardan biri bo‘lgan.
Mening qatnashmaslikka ikkita asosli sababim bor: birinchisi pandemiya hali davom etyapti, ko‘pchilik orasida bo‘lish sog‘lig‘im uchun xavf tug‘diradi. Ikkichisi, tayyorgarligim yaxshi emas. Chunki mashg‘ulot paytida murabbiyim men bilan bo‘lmadi. Aslida, bunday muhim musobaqaga mukammal tayyorlanishim kerak edi. Fransiya federasiyasi tennischi qizlariga chin yurakdan omad tilayman”.
Eslatib o‘tamiz, Barti shu kunlarda Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tayotgan US Open musobaqasida ham qatnashmadi.