Bugun 18 noyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Dunyodagi eng kuchli superkompyuter ma’lum qilindi

A A A
Dunyodagi eng kuchli superkompyuter ma’lum qilindi

Ta’kidlanishicha, yapon superkompyuteri sanoatda, sun’iy ong sohasida va katta raqamlarni tahlil qilishda eng yaxshi ko‘rsatkichlarni namoyish qilgan. Kompyuter bir soniyada 415 kvadrillion (1 kvadrillion 1000 trillionga teng) amalni bajara oladi. Bu esa 2019 yil nobyardan beri reytingda birinchi o‘rinni egallab kelgan, AQShning Ok-Rijdagi milliy laboratoriyasida o‘rnatilgan “Sammit” superkompyuterining tezligidan 2,8 barobar ko‘proqni tashkil qiladi. 

“Fugaku” may oyida Kobe shahridagi tabiiy fanlar institutining kompyuter tadqiqotlari markaziga yetkazilgan. U to‘liq quvvat bilan 2021 yil apreldan ishlashi kutilmoqda. Hozircha qurilma boshqa vazifalar bilan bir qatorda koronavirusga qarshi turli vositalarni ishlab chiqishda qo‘llanmoqda. 

Kiritildi: 22:10 23.06.2020. O'qildi: 2997 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik