Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Dunyodagi eng keksa panda 37 yoshda

Dunyodagi eng keksa panda 37 yoshda

Xin Xing nomli dunyoning eng keksa pandasi 37 yoshga to‘ldi.  Xitoydagi Chongqing hayvonot bog‘ida o‘tkazilgan maxsus ziyofatda unga sevimli torti hadya qilindi.

“Gigant pandalar odatda, yovvoyi tabiatda13-19 yoshgacha yashaydi, tutqinlikdagi pandalar esa 20 yoshgacha yashashi mumkin, ba’zilari o‘ttiz yoshdan ham oshib ketadi. Bizning gigant panda Xin Xing 37 yoshda, u dunyodagi eng keksa panda. Agar uning yoshi inson yoshi bilan solishtirilsa, hozir u 100 yoshli keksa odam bilan teng”, dedi Yin Yanqiang, Chongqing hayvonot bog‘idagi Panda Housening bosh texnologiya xodimi.

Xin Xing ushbu hayvonot bog‘iga 1983 yilda olib kelingan va 1992 yildan nasl bera boshlagan. 2002 yili 20 yoshida u egizak pandalarni dunyoga keltirdi. Bu esa pandalar orasida eng keksa yoshda nasl qoldirish bo‘yicha rekord hisoblanadi.

«2018 yil oxiriga kelib, Xin Xing avlodlari soni 137 kishiga yetdi. Ular 20 dan ortiq mamlakat va mintaqalarda, shu jumladan: AQSH,  Kanada,  Yaponiya,  Belgiya,  shuningdek,  Chengdu shahridagi Xitoy Gigant Panda tadqiqot markazida yashaydi», dedi Yin.

Ayni paytda Xin Xingning sog‘lig‘i yaxshi, uning vazni 98 kilogramm. Pandaning farovon hayot kechirishi uchun uning qon bosimi har kuni nazorat qilinadi, vazni har 15 kunda o‘lchanadi va har 3 oyda qon tahlili o‘tkaziladi. Hayvonot bog‘ida unga 2 nafar xodim g‘amxo‘rlik qiladi.

 

 

Kiritildi: 08:25 28.08.2019. O'qildi: 2092 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!