Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Dunyodagi eng bo‘yi uzun ayol Ginnesning rekordlar kitobiga kiritildi

Dunyodagi eng bo‘yi uzun ayol Ginnesning rekordlar kitobiga kiritildi

24 yoshli turkiyalik Rumaysa Gelgi dunyodagi eng bo‘yi uzun ayol sifatida Ginnesning rekordlar kitobiga kiritildi. Ayni paytda uning bo‘yi 215,16 sm.ni tashkil etadi.

Qizning bo‘yini g‘ayritabiiy ravishda o‘sishi Uaver sindromi deb nomlanuvchi kam uchraydigan irsiy kasallik bilan bog‘liq. Shu bois u nogironlar aravachasida harakatlanishga majbur. Shunga qaramay, Gelgi maxsus vosita yordamida qisqa sayrlarga chiqib turadi.

Gelgi uning rekordchi sifatida qayd etilishi kam sonli kasalliklar muammosiga jamoatchilik e’tiborini qaratilishiga yordam berishidan umidvor.

«O‘z potensialingizni biling va bor kuchingiz bilan harakat qiling shunda har qanday kamchilikni ustunlikka aylantirishingiz mumkin», deydi Gelgi.

Kiritildi: 12:55 14.10.2021. O'qildi: 5972 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!