Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Dunyodagi birinchi trolleybus​​​​​​​ qayerda yaratilgan va u qanday ko‘rinishda edi?

Dunyodagi birinchi trolleybus​​​​​​​ qayerda yaratilgan va u qanday ko‘rinishda edi?

Dunyodagi birinchi trolleybus 1882 yili  germaniyalik muhandis  Verner fon Simens tomonidan ixtiro qilingan ekan. Elektr toki bilan harakatlanuvchi ushbu transport vositasi ilk bor o‘sha yili 29 aprelida Berlin shahri chekkasida joylashgan Xalenze hududida jamoatchilikka namoyish qilingan.

Dastlab u to‘rt g‘ildirakli arava shaklida bo‘lib, ortqa g‘ildirakka o‘rnatilgan motorga sim orqali uzatilgan 2,2 kilovatt elektr kuchi ta’sirida harakatlangan.

Trolleybusga egiluvchan kabel yordamida muntazam ravishda 550 volt tok elektr liniyasiga o‘rnatilgan unchalik katta bo‘lmagan sakkiz g‘ildirakli qurilma yordamida uzatilgan. Sinov tariqasida o‘tkazilgan ushbu tarmoqning uzunligi bor-yo‘g‘i 540 metrni tashkil etgan.

Qizig‘i shundaki, birinchi trolleybusda tayanch pantograflari yoki zamonaviy odamlarga tanish bo‘lgan “shoxlar" yo‘q edi. Buning o‘rniga, oqim simlar bo‘ylab aylanadigan "kontaktli trolleybus" yordamida olib tashlandi.

Uzunligi 540 metr bo‘lgan birinchi trolleybus liniyasi uzoqqa cho‘zilmadi, 1882 yil 29 apreldan 13 iyungacha ishladi. Biroq bu muvaffaqiyatli tajriba edi. Shunday qilib, birinchi to‘liq yo‘lovchi trolleybus faqat XX asrning boshlarida paydo bo‘ldi.

Kiritildi: 12:36 08.08.2020. O'qildi: 3775 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!