Wok Free xalqaro tadqiqot tashkiloti tomonidan tayyorlangan hisobotga ko‘ra, dunyoda 40 million kishi zamonaviy qullik ostida kun kechiradi. Ularning 400 ming nafari AQShda yashaydi.
Bu BMTning Nyu Yorkdagi qarorgohida “Qullikka qarshi kurashish tashkiloti” ning rasmiy vakillari tomonidan “Global qullik indeksi 2018” hisobotining berilishi munosabati bilan o‘tkaziladigan matbuot anjumanida aytildi.
Hisobotga ko‘ra, dunyoda 40 million 300 ming kishi zamonaviy qullik soyasida qiynalib keladi. Ularning 403 mingtasi AQShda, 136 mingtasi Britaniyada kun kechiradi.
Hisobotda aytilishicha zamonaviy qullik odam savdosini, majburiy mehnatni, majburiy nikohni, bolalarni sotish va ekspluatasiya qilishni, shuningdek, qullikning o‘zini qamrab oladi.
Hisobotga ko‘ra, qullikning bu turi kutilganidan ko‘ra rivojlangan mamlakatlarda keng tarqalgan.
AQShda har 800 kishining biri zamonaviy qullik vakili hisoblanadi. Shuningdek, Avstraliya, Fransiya va boshqa Yevropa davlatlarida bu ko‘rsatkich yuqori hisoblanadi.
Manba: azon.uz