Bugun 28 aprel, 2024 yil, yakshanba

КИР

Dunyoda koronavirusga chalinganlar soni 6,5 milliondan oshdi

Dunyoda koronavirusga chalinganlar soni 6,5 milliondan oshdi

Jahonda COVID-19ga chalinganlar soni 6,5 milliondan oshdi. 386 ming nafar bemor ushbu infeksiya qurboniga aylandi, deb xabar bermoqda RIA Novosti Xopkins universitetiga tayangan holda.

Ushbu infeksiya eng ko‘p qayd etilgan davlat - AQShdir. Kasallanganlar soni 1 851 520 taga yetgan, o‘lim holatlari 107 mingdan ziyod.

MDH davlatlari orasida koronavirus bilan bog‘liq vaziyat quyidagicha:

Umumiy zararlanganlar soni - 549 826 (+11 488); sog‘ayganlar - 251 443 (+11 171); vafot etganlar - 6 886 (+220)

Eslatib o‘tamiz, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 11 mart kuni COVID-19 - yangi turdagi koronavirus infeksiyasi tarqalishini pandemiya, deb e’lon qilgan edi.

Kiritildi: 12:07 04.06.2020. O'qildi: 1647 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!