Bugun 15 iyun, 2025 yil, yakshanba

КИР

Dunyoda koronavirus: Kasallanganlar soni 4,5 milliondan oshdi

A A A
Dunyoda koronavirus: Kasallanganlar soni 4,5 milliondan oshdi

Jons Hopkins universiteti taqdim qilgan statistik ma’lumotlarga ko‘ra, butun dunyoda koronavirus infeksiyasiga chalinish holatlari soni 4,5 milliondan oshgan, 304,8 ming kishi COVID-19 asoratlari oqibatida hayotdan ko‘z yumgan.

Eng ko‘p kasallanish holatlari AQShda kuzatilgan. Mamlakatda 1 million 427 ming kishida koronavirus infeksiyasi borligi aniqlangan, 86,3 ming nafar bemor kasallik oqibatida vafot etgan.

2-o‘rindagi Rossiyada 262,8 ming kishi  koronavirusga chalingan. Uchinchi o‘rinda Buyuk Britaniya bormoqda, qirollikda 238 ming kishi COVID-19ni yuqtirib olgan.

4 may kuni koronavirus bilan kasallanganlar soni dunyo bo‘yicha 3,5 milliondan oshgani ma’lum qilingan edi. Virusni yuqtirib olganlar soni 10 kun ichida qariyb 1 millionga ko‘paygan. 

Universitet statistik ma’lumotlari bo‘yicha butun dunyoda kasallanish holatlari soni keskin o‘sib bormoqda, o‘limlar bo‘yicha ko‘rsatkich esa aksincha sustlashgan.

Koronavirus tarqala boshlaganidan beri o‘tgan davr mobaynida 1,6 million kishi infeksiyadan to‘liq tuzalgan.

Kiritildi: 09:09 16.05.2020. O'qildi: 1930 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!