Bu haqda Putin Bishkekda bo‘lib o‘tgan YEOII yetakchilarining sammitida aytib o‘tdi.
«Bizda inflyasiyani jilovlash tendensiyasi aniq», dedi Rossiya prezidenti.
Shu bilan birga, Yevro hududi mamlakatlarida inflyasiya darajasi oxirgi 30-40 yil ichida rekord darajada yuqori.
Davlat rahbari, shuningdek, Rossiyada 20 foizlik iqtisodiy retsessiya bo‘lishi bashorat qilinganini, bu yil esa bu ko‘rsatkich 2,9 foizni tashkil etishini ta’kidladi. Kelgusi yilda 0,9% kutilmoqda va mamlakat «ijobiy tendensiyada harakat qiladi».