Bugun 29 noyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Dunyo yangi global inqirozga duch kelmoqda — BMT

A A A
Dunyo yangi global inqirozga duch kelmoqda — BMT

Iqlim o‘zgarishi natijasida dunyo global suv inqiroziga duch kelmoqda. Bu haqda 5 oktyabr, seshanba kuni BMT Jahon meteorologiya tashkilotining hisobotida aytilgan, deb yozadi Associated Press.

Hujjatda aytilishicha, 2000 yildan beri butun dunyo bo‘ylab suv toshqinlari bilan bog‘liq tabiiy ofatlar soni oldingi yigirma yilga nisbatan 134 foizga oshgan. Qayd etilishicha, suv toshqini bilan bog‘liq o‘lim va iqtisodiy yo‘qotishlarning aksariyati Osiyoda sodir bo‘lgan.

Bundan tashqari, qurg‘oqchilik bilan bog‘liq tabiiy ofatlar chastotasi shu davrda 29 foizga oshdi. Qurg‘oqchilikdan eng katta iqtisodiy yo‘qotishlar Shimoliy Amerika, Osiyo va Karib havzalarida bo‘lgan. Afrikada qurg‘oqchilik tufayli o‘lim sonining ko‘payishi qayd etildi.

Shu bilan birga, mutaxassislar ta’kidlaganidek, dunyoning barcha shaharlarining 25 foizi ichimlik suvining doimiy taqchilligini boshdan kechirmoqda.

"So‘nggi yigirma yil ichida sayyoramizdagi yer usti va yer osti suvlarining umumiy zaxiralari, shuningdek, tuproq, qor va muz tarkibidagi suvlar yiliga 1 santimetrga kamaygan", deyiladi hisobotda.

BMT bashorat qilishicha, sayyoramizda aholi sonining yanada ko‘payishi, ayniqsa, "Sahroi Afrikada" suv ta’minoti bosimini oshiradi.

"Suvga cheklangan odamlar soni 2050 yilga borib 5 milliarddan oshadi", deydi olimlar.

Tavsiyalar sifatida ekspertlar suv toshqinlari va qurg‘oqchilikka moyil bo‘lgan hududlar uchun ogohlantirish tizimini takomillashtirish, shuningdek, mamlakatlarning tabiiy ofatlarga qarshi kurash ishlarini muvofiqlashtirishni yaxshilashga chaqirdi.

Kiritildi: 09:33 06.10.2021. O'qildi: 2141 marta. Fikrlar soni: 1 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik