UNAIDS OIVga qarshi kurash dasturlari uchun ajratilayotgan mablag‘lar kamayishi kasallik tarqalishini kuchaytirishi mumkinligidan ogohlantirdi.
Tashkilot ma’lumotiga ko‘ra, xalqaro moliyalashtirish hajmi 2024 yildagi $8,8 mlrddan 2025 yilda $7,3 mlrdga tushgan. Bu so‘nggi 20 yildagi eng past ko‘rsatkichdir.
2025 yilda dunyoda 1,2 mln kishi OIV yuqtirgan, OITS bilan bog‘liq kasalliklar sabab 570 ming odam vafot etgan. Zarur choralar ko‘rilmasa, 2030 yilgacha bu ko‘rsatkich 3 mlndan oshishi mumkin.
Ma’lumot uchun, hozir dunyoda OIV bilan yashayotgan qariyb 41 mln inson bor, ularning 9 mlnga yaqini davolanish imkoniga ega emas.