Bugun 28 aprel, 2024 yil, yakshanba

КИР

Dunyo bo‘ylab noqonuniy sayohat: buxorolik jinoiy guruh fosh etildi

Dunyo bo‘ylab noqonuniy sayohat: buxorolik jinoiy guruh fosh etildi

Inson farzandi har bir ishga qo‘l urar ekan, uning natijasini ko‘zlaydi. Shunga yarasha mehnat qiladi. Biroq goho adashib xatoga ham yo‘l qo‘yadi. Birgina uylovsizlik esa unga qimmatga tushadi.

Yaqinda Buxoro shahar sudida fuqaro Ravshan Botirov (ism-familiyalar shartli ravishda o‘zgartirildi) qilmishiga doir ko‘rilgan jinoyat ishi tafsiloti ham ana shunga misol bo‘la oladi.

Sudlanuvchi Ravshan Botirov bir guruh shaxslar bilan o‘zaro jinoiy til biriktirib, belgilangan tartibni buzib chet elga chiqishda ifodalangan jinoyatni quyidagicha sodir etganlikda ayblanadi.

U o‘zida dunyoning barcha davlatlariga chiqish ruxsatnomasi bo‘lmaganini aniq bilsa-da, 2018 yilning sentyabrida o‘ziga oldindan tanish bo‘lgan fuqaro Ashraf Abbosov bilan belgilangan tartibni buzib, Turkiya Respublikasiga chiqish to‘g‘risida oldindan o‘zaro til biriktirib, jinoiy reja tuzadi. Uni amalga oshirish uchun fuqaro Botirov Abbosov bilan birgalikda o‘zining avtomobilida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qozog‘iston Rossiya Gruziya yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanishadi.

2018 yil 26 sentyabrda Gruziya davlatiga kirishadi. Ular qonunga xilof tarzda Respublika hududidan xorijiy davlatlarga chiqish uchun ruxsat yozuvi (stiker)ni rasmiylashtirmasdan Turkiyaning Sarp chegara nazorat o‘tkazish maskani orqali Turkiya davlatiga chiqishadi.

Qahramonimizning chet elga sayohatlari 2018 yilning 2 oktyabriga qadar davom etgan. Safar qarigach, ular yana yurtiga qaytish uchun shu transport vositasida Turkiya Rossiya Gruziya yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanishadi.

2018 yil 7 oktyabrda O‘zbekiston Respublikasiga kirib kelayotganda mas’ul chegara xodimlari tomonidan hujjatlar surishtiriladi va sirlari fosh bo‘ladi.

Sudda sudlanuvchi Ravshan Botirov o‘z aybiga to‘liq iqrorlik bildiradi. Hukm o‘qildi.

Sudlanuvchi Ravshan Botirovga O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddasiga asosan 3 yilga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.

Kiritildi: 11:13 19.04.2019. O'qildi: 2143 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!