Bugun 28 sentyabr, 2024 yil, shanba

КИР

Dunyo bo‘ylab ichki ko‘chirilganlar soni ma’lum qilindi

Dunyo bo‘ylab ichki ko‘chirilganlar soni ma’lum qilindi

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibining ichki ko‘chish muammosini hal qilish bo‘yicha maxsus maslahatchisi Robert Payper bergan ma’lumotga ko‘ra, ayni payt dunyo bo‘ylab 76 million odam mahalliy ko‘chmanchi nomini olgan, ya’ni ichki tartibda ko‘chirilgan.

– Dunyoda uy-joyi, tirikchilik vositasi yoki rasmiy hujjatidan ayrilganlar 76 millionga yetdi, ular ichki ko‘chirilgan fuqarolar, – dedi Payper BMTning Jenevadagi ofisida o‘tkazilgan matbuot anjumanida.

Qayd etilishicha, tabiiy ofat tufayli ko‘chirilganlar tezda uyiga qaytishi mumkin, ammo Suriya va Somali kabi davlatlardagi to‘qnashuvdan jabr ko‘rganlar ko‘p yil uyidan uzoqda yashayapti.

Maslahatchi so‘nggi 10 yil ichida ichki ko‘chish ikki barobar ko‘payganini ma’lum qildi.

Statistikaga ko‘ra, eng yuqori ko‘chish darajasi Sudanda kuzatilgan. 116 mamlakat ichida ko‘chganlarning 90 foizi qurolli to‘qnashuv tufayli boshpanasini tark etishga majbur bo‘lgan.

Kiritildi: 08:22 23.06.2024. O'qildi: 514 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!