Bugun 24 noyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Dubayda yangi Ginnes rekordi o‘rnatildi

A A A
Dubayda yangi Ginnes rekordi o‘rnatildi

Birlashgan Arab Amirliklarida o‘rnatilgan navbatdagi rekord Ginnesning rekordlar kitobiga kiritildi. Bu gal amirliklar dunyodagi eng katta pazl maydonini tashkil qilishdi, deyiladi «Russkiye Emirati» nashri xabarida.

Ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur pazl Dubaydagi Uptown Dubai tumanida tiklangan. Rekordchi pazl 12 mingta detaldan iborat va unda BAA asoschisi Shayx Zayd tasvirlangan.

6 ming kvadrat metrni egallagan pazl shu qadar kattaki, uni faqat yuqori balandlikdangina tomosha qilish mumkin. 

Manba: azon.uz

Kiritildi: 12:34 12.07.2018. O'qildi: 1521 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik