Bugun 24 noyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Dubay sohillarida ayollar qutqaruvchi bo‘linmalari paydo bo‘ladi

A A A
Dubay sohillarida ayollar qutqaruvchi bo‘linmalari paydo bo‘ladi

Yaqin kelajakda Dubay sohillarida ham ayollardan tashkil topgan qutqaruvchi guruhlari paydo bo‘ladi. Islam-today.ru nashrining tarqatgan xabarlariga ko‘ra, hozirda 12 nafar ayol tayyorgarlik mashg‘ulotlarida qatnashmoqda. Yil oxiriga kelib qutqaruvchi ayollar sonini 16 nafarga oshirish rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, ikki oydan buyon Dubaydagi sohillarda xavfsizlik oyligi davom etmoqda. Ushbu muddat oralig‘ida cho‘kib vafot etganlar soni sezilarli darajada qisqardi. Ma’lumot uchun 2016 yilda 35 kishi , 2017 yilda esa 28 nafar kishi vafot etgan.

Jamoat sohillarida har kuni yuzlab qutqaruvchilar sayyohlar va shahar aholisiga xavfsizlik choralariga amal qilish, quyosh botganidan so‘ng dengizga tushmaslikni maslahat bermoqda.

Manba: azon.uz

Kiritildi: 12:28 11.07.2018. O'qildi: 2631 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik