Deyarli ko‘p xollarda shifokorlarimiz reseptda yozishmaydi yoki farmasevtlar orqali to‘liq javob ololmaymiz, xattoki dori yo‘riqnomasida xam ko‘rsatilmaydi.
Dori shakllari xar xil bo‘lib ular ta’sir mexanizmi va guruxiga qarab buyuriladi.
☑️ Og‘riq qoldiruvchilar xammasi ovqatdan so‘ng
☑️ Yurak dorilari kechqurun
☑️ Qon bosimiga qarshi dorilarni kechqurun (ayrimlari ertalab)
☑️ Allergiya qarshi dori vositalarni kechqurun
☑️ Antibiotiklarni ovqatdan 1.5-2 soat avval yoki keyin (albatta sxema rejim asosida)
☑️ Faqat suv bilan (kofe, sok,gazli ichimliklar mumkin emas)
↗️Iloji boricha ovqatga aralashtirmang, chunki ovqatlaringiz tarkibidagi ayrim maxsulotlar dorining kuchini pasaytirishi yoki kuchaytirishi mumkin. Ba’zi bir yurak dorilari ovqat maxal xam buyuriladi.
↗️Xazm qildiruvchi dorilarni fakat ovqat orasida yoki keyin.